Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda qabr va qabrtoshlarning o‘lchami bo‘yicha cheklovlar kiritildi
Tojikiston hukumati qabrlarning o‘lchamini belgilab beruvchi qarorni qabul qildi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston «Jumhuriyat» gazetasiga asoslanib.
Hujjatga ko‘ra, qabrning uzunligi 2 metr va eni 1,5 metrdan oshmasligi lozim.
Baland qabrtosh o‘rnatish ham mumkin emas, bu bo‘yicha ham aniq o‘lchamlar belgilab qo‘yildi. Gorizontal qabrtoshning uzunligi bir yarim, eni bir va balandligi yarim metrdan oshmasligi kerak. O‘z navbatida, vertikal qabrtoshning balandligi bir metrdan, eni yarim metrdan va qalinligi 10 santimetrdan ortiq bo‘lmasligi lozim. Mazkur qoidalarga amal qilinishini qo‘mita va mahalliy hokimiyat vakillari nazorat qilib borishadi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
19:08 / 13.09.2025
Vengriyada go‘rkovlar chempionati o‘tkazildi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025