Sport | 23:33 / 29.08.2018
42191
4 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. 30 avgust kungi bahslarda qatnashadigan sportchilarimiz ro‘yxati

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 30 avgust kunidan o‘rin olgan musobaqalarida 27 nafar sportchilarimiz yakkalik va jamoa holda 6 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.

Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan tanishtiramiz.

Dzyudo. 07:00 – 10:00, 14:00 – 16:00

  • A.Allaniyozova. 57 kg. Saralashdan – finalgacha.
  • G.Matniyozova. 70 kg. Saralashdan – finalgacha.
  • G.Boboyev. 73 kg. Saralashdan – finalgacha.
  • Sh.Boltaboyev. 80 kg. Saralashdan – finalgacha.

Kurash

  • Sh.Jandrev, Yo.Imamov. 90 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 19:00
  • D.Bozorova, K.Yuldasheva. 78 kg. Saralashdan – finalgacha. 12:00 – 19:00

Trampolin

  • A.Babayan, S.Usmonov. Saralashdan – finalgacha. 11:00 – 16:00
  • F.Ro‘ziyeva. Saralashdan – finalgacha. 10:00 – 13:00

Ot sporti

  • N.Tuyakboyev, O.Sobirjonov. Yakkalik. (1-bosqich. 07:00 – 09:00, 2-bosqich. 12:00 – 14:00

Velosport-trek

  • M.Xolmurodov, R.Baymetova. Yakkalik M1 × 3000 m. Yarimfinal, final. 08:00 – 15:00

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. 06:30 – 09:00

  • Sh.A'zamov, Sh.Mahkamov. Ikkitalik. K2 × 1000 m. Final
  • A.Tropin, V.Ibragimov, J.Nurmatov, A.Mochalov. To‘rttalik K4 × 500 m. Yarimfinal, final. 08:00 – 15:00
  • V.Menkov. Yakkalik S1 × 1000 m. Final
  • N.To‘xtasin o‘g‘li, S.Mirbekov. Ikkitalik S2 × 1000 m. Final
  • Ye.Shubina. Yakkalik. K1 × 500 m. Final
  • D.Rahmatova, N.Zokirova. Ikkitalik S2 × 500 m. Final

29 avgust kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Dzyudoda -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek O‘rozboyev finalda Yaponiya vakili Toru Shishimeni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Kurashchimiz Dildor Shermetova (63 kg) finalga qadar yetib keldi va mo‘g‘ulistonlik Bayarbat Basanjargalni yengib, Osiyo o‘yinlari oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Balandlikka sakrash musobaqalarida ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibi Svetlana Radzivil 1,96 m balandlikni zabt etdi va Osiyo o‘yinlari rekordini yangilagan holda uchinchi marta Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

Kumush medal esa boshqa bir o‘zbekistonlik, 1,94 m natijada to‘xtagan Nadiya Dusanovaga nasib etdi.

Yengil atletikaning uch xatlab sakrash mashqlarida 16,62 m natija ko‘rsatgan Ruslan Qurbonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Muxlisa Abdumalikova va Sarvar Shomurodov yarim finalda yutqazib, bronza medal bilan kifoyalanishdi.

O‘zbekistonlik barcha bokschilar yo‘qotishlarsiz yarim finalga yetib kelishdi.

Bugungi natijalardan keyin O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 45taga yetdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi 12 ta oltin, 17 ta kumush, 16 ta bronza medal jamg‘argan holda, umumjamoa hisobida 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

 

Mavzuga oid