Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston kurashda navbatdagi oltinni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-63kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Dildor Shermetova avvaliga yarim finalda indoneziyalik Shifa Hasaniy Najmu bilan bellashib, g‘alabaga erishdi.
Shundan so‘ng u oltin medal uchun finalda gilamga chiqdi. Shermetova mo‘g‘ulistonlik Bayarbat Basanjargalga qarshi murosasiz kechgan bahsda g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu vazn toifasidagi Muxlisa Abdumalikova yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Bayarbat Basanjargalga qarshi gilamga chiqib, yutqazib qo‘ydi. U endi turnirning bronza medali bilan taqdirlanadi.
-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov yarim finalda eronlik Ilyos Ali Akbariga qarshi gilamga chiqdi. Ammo Shomurodov kuchli raqibga qarshi bahsda yutqazib qo‘ydi va bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 28 avgust kuni O‘zbekiston kurash jamoasi 3 vazn toifasida oltin medalga egalik qilgandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni endilikda 11tani tashkil qilmoqda. Shuningdek, 15 kumush va 16ta bronza qo‘lga kiritilgan.
Mavzuga oid
08:35 / 24.05.2024
Har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etiladi
13:35 / 29.04.2023
IIV tarkibida sport kurashlari bo‘yicha maktab faoliyati tashkil etiladi
13:38 / 12.01.2023
Milliy o‘zbek kurashi Afrika o‘yinlari dasturiga kiritildi
23:16 / 04.08.2022