Light | 00:59 / 29.08.2018
11821
5 daqiqa o‘qiladi

Ruhshunoslar ota-onalarga: Bolaga ilk smartfonni sotib olishda nimalarni bilish kerak?

O‘tkazilgan so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 12-13 yoshdagi bolalarning (o‘rta sinf o‘quvchilari) 68 foizida, 14-17 yoshdagi o‘smirlarning (yuqori sinf o‘quvchilari) 83 foizida mobil telefonlar bor. Bundan tashqari, mobil telefon egalari soni har  yili tobora ortib bormoqda. Yana bir tadqiqot natijasiga ko‘ra, uchinchi sinf o‘quvchilarining 20 foizi va beshinchi sinf o‘quvchilarining deyarli 40 foizi shaxsiy mobil telefonlardan foydalanishar ekan.

Bu yaxshimi yoki yomon? Mutaxassislar tushuntiradi.

Ota-onalarning bolalar va mobil telefonlar to‘g‘risidagi 4 ta mashhur savoliga ruhshunoslar Darlin Svitlend va Ron Stolberg o‘zlarining «Bolani o‘ylashga o‘rgating» kitobida javob berishadi.

Foto: Unsplash

1-savol. Bola smartfon tufayli e'tiborsiz bo‘lib qolishi mumkinmi?

Ba'zi tadqiqotlar mobil telefonlar bolalarning ma'lumotni qabul qilish va qayta ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishini ko‘rsatgan.

Miyaning o‘ziga xosligi shundayki, biz yaqin kunlarda sodir bo‘lgan voqealarni yaxshi eslaymiz.

Agar o‘smir har daqiqada telefonini olib, xabarlar yozsa, ijtimoiy tarmoqlarga kirib, suratlarni tomosha qilsa, aynan shu harakatlar uning qisqa muddatli xotirasini to‘ldiradi. Bu degani o‘smir unga aytilgan ma'lumotni telefonni qo‘liga olgan zahoti unutib yuborishini bildiradi.

Buning oldini olish uchun bola dars tayyorlayotganida telefon yonida bo‘lmasligiga e'tibor berish kerak.

Yodingizda bo‘lsin, bolalar telefon bilan band bo‘lganida atrofdagi olamdan chegaralanib oladi va unda nima sodir bo‘layotganini anglamaydi.

Foto: Unsplash

2-savol: Smartfonlar bolalarga hayotiy tajribani olishda xalaqit qiladimi?

Hozirgi bolalarning mobil telefonlarga tobeligi hayotiy masalalarni hal etish borasida bilim olishga kam imkoniyat qoldirmoqda.

Muammolarni hal etish tajribasini «hayot maktabi» deyish mumkin. Biroq texnologiyalarga tobelik o‘sib kelayotgan avlodni muhim tajribani olishda cheklab qo‘yadi.

Agar bola smartfonga juda qattiq bog‘langan bo‘lsa, uni foydali va qiziqishlarda qo‘llagani ma'qul. Masalan, sizga do‘kon manzili haqida ma'lumot kerak bo‘lsa, boladan uni topib berishini so‘rang. U foyda keltirayotganini his qilib, texnikadan foydalanadi. Ana shu yo‘l orqali farzandingiz bilan muloqotda bo‘lib, uni maqtash imkoni paydo bo‘ladi.

Foto: Unsplash

3-savol: Xabarlar orqali muloqot qilish shunchalik yomonmi?

Matnli xabarlar bilan almashish – odatiy holga aylangan. Ota-onalar shu sababli bu borada ko‘plab savollar berishadi. «Farzandim menga bir oyda 10 mingdan 20 mingtagacha xabar yuborishi normal holatmi?».

Albatta, muloqotning bu shakli tobora mashhur bo‘lib boryapti.

Statistika mana bunday: jami xabarlarning to‘rtdan biri darsdagi mashg‘ulotlar vaqtida yuboriladi. Bu bolalar xabarlarga chalg‘igani tufayli kerakli bilim olmasligini bildiribgina qolmay, do‘stlari yonida bo‘lsa ham xabarlar yordamida muloqot qilishlarini anglatadi.

Ular fikrlarini darhol bayon etishni istaydilar. Hatto tanaffus vaqtini ham kutmaydilar.

Matnli xabarlarni yuborishning afzalliklari bilan salbiy jihatlari mavjud ekanini farzandingizga tushuntirishingiz kerak.

1-muammo. Yozishmalarda suhbatdosh reaksiyasining ba'zi turlarini hisobga olib bo‘lmaydi.

2-muammo. Matnli xabarlar foydali ko‘nikmalarni rivojlantirishga hissa qo‘shmagani tufayli afzalliklarga ega emas.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun bolani yozishma orqali emas, tabiiy muloqot qilishga rag‘batlantiring. Oilada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan muhim qoida: eng muhim xabarlarni shaxsan yetkazish. Masalan, SMS yordamida uyga kechroq kelishni aytib bo‘lmaydi yoki do‘stini uyga taklif qilishga oydinlik kiritish ham shaxsiy muloqotda hal etilishi lozim.

Foto: Unsplash

4-savol. Bolaga telefon qachon kerak?

Ota-onalar ko‘pincha «Bolaga ilk mobil telefonni qachon sovg‘a qilish mumkin?» degan savolni berishadi. Buni aynan qachon amalga oshirish va qanday telefonni tanlash qarori oila davrasida muhokama qilinishi kerak. Bu jarayonga bolalarni ham jalb etishni tavsiya etamiz.

Ana o‘shanda bolaga telefon sovg‘a qilish vaqti yetib kelgani, undan qaysi maqsadda foydalanishi, aynan qaysi model oila manfaatlariga javob berishi haqida o‘ylaysiz.

Har qanday sharoitda ham telefon yordamida yangi narsalarni bilish va o‘rgangan narsalarini oila a'zolari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini bering. Yodda tuting, sizning telefon bilan muloqot qilish ssenariyingiz bolaga taqlid uchun namunaga aylanadi.

Mavzuga oid