Bunday darslarni hech bir maktab o‘quvchisi qoldirgisi kelmaydi
Maktabda o‘qigan davrimizda har birimizning sevimli darslarimiz bilan bir qatorda tugashi qiyin kechayotgandek tuyulgan darslar ham bo‘lgan. Hozir tobora ko‘proq mamlakatlar o‘quvchilar ilm-fan sirlarini katta qiziqish va zavq bilan o‘rganishlari uchun ta'lim jarayonini takomillashtirishga harakat qilmoqda. Quyida aksariyat o‘quvchilar bajonidil qatnashishni istaydigan, maktablarda o‘tiladigan noyob darslarga oid ma'lumotlar taqdim etiladi.
Yaponiya: Tabiatdan zavq olish
Yaponiyada ajoyib bir dars bor — tabiatdan zavq olish. Uning mazmuni — maktab o‘quvchilarini tashqi muhitning estetik tomonlarini qadrlashga o‘rgatish. Tan olib aytish kerakki, oxirgi vaqtlarda kompyuter va boshqa texnikalar ko‘pligidan bolalar hatto orzu qilishni ham unutib qo‘yishmoqda. Flora va faunani kuzatish bo‘yicha yutuqlarga erishilganda, albatta, matematika yoki geografiya kabi baholar qo‘yiladi va hatto imtihon topshiriladi.
Boshqirdiston: Asalarichilik
Boshqirdistonda o‘z asalari uyalariga ega yuzdan ortiq maktab bor. Asalarichilik darslarida bolalarni ularni parvarish qilishga va asal yig‘ishga o‘rgatishadi. Bu darslar bolalarni sabrli, e'tiborli va tartibli bo‘lishga o‘rgatadi.
Isroil: Kiberxavfsizlik
Zamonamiz kishisining hayoti tobora ko‘proq internetga ko‘chmoqda, isroilliklar internet-hayotning xavfsizlik choralarini ko‘rishga qaror qilishdi. "Kiberurushlar nazariyasi va amaliyoti" darslarida blog va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarga qanday qilib to‘g‘ri munosabat bildirishga o‘rgatishadi, kompyuter o‘yinlariga tobe'likka doir darslarga ham alohida soatlar ajratilgan.
Armaniston: Xalq raqslari
Xalq raqslari — Armanistonning haqiqiy faxri. Bu yerda bir yarim ming xil xalq raqslari bo‘lib, har biri o‘z tarixi va mazmuniga ega. Shu bois armanistonlik o‘qituvchilarga oddiy madaniyat darslari kamlik qildi va ular 2013 yildan xalq raqslarini o‘rgatishni majburiy maktab fanlari qatoriga qo‘shishga qaror qilishdi.
Avstraliya: Serfing saboqlari
Avstraliya maktablarida serfing darslari kiritilgan. Mamlakat hukumati hech bir sohilda mahalliy aholidan yaxshiroq serfing uchuvchi kishi topilmasligi choralarini ko‘rib qo‘ygan. Havayida ham xuddi shunday darslar bor.
AQSh: Ilmiy kashfiyotlar
AQShda nazariy kurslardan keyin barcha o‘quvchilarga bir xil uyga vazifa beriladi, uning mohiyati biror yangi narsa kashf qilishdan iborat. Uning bajarilishiga butun bir yil ajratiladi. Keyin butun sinf bo‘lib natijalar taqdimoti o‘tkaziladi, loyihaning muvaffaqiyatliligi va dolzarbligi muhokama qilinadi, oxir-oqibat yillik baho qo‘yiladi.
Mavzuga oid
07:22 / 12.09.2022
IIBB 142-maktabda o‘quvchilar tekshirilgani bo‘yicha izoh berdi
16:39 / 08.09.2022
Navoiyda ehtiyojmandlarga ajratilgan yordam pullari “tuya” qilinyapti
18:48 / 15.10.2021
Ikki kunlik reydda maktab o‘quvchilaridan 338 nafari bozorlarda ishlayotgani aniqlandi
11:36 / 14.10.2021