Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda harbiy xizmatchilarga armiyaning jangovar qudrati namoyish etildi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi dala o‘quv maydonida oliy harbiy ta'lim muassasalariga joriy yilda o‘qishga qabul qilingan yoshlar uchun qurol-aslaha va harbiy texnikalar yordamida ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, mas'ul ofitserlar, kursantlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Ushbu ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda kursantlarga qurol-aslaha va harbiy texnikalarning tavsifi hamda ular yordamida jangovar otish mashqlarini bajarishda xavfsizlik talablariga rioya etish haqida tushunchalar berildi. O‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga qabul qilingan yigitlar o‘zlarining yuksak darajadagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishdi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘qotar qurollar, shuningdek, yengil va og‘ir zirhli texnika, artilleriya qurilmalari va boshqa qurollardan otish mashqlari bajarildi. Mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkillashtirgan va otish mashqlarini a'lo darajada bajargan harbiy xizmatchilarga mudofaa vaziri faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Mavzuga oid
09:55 / 27.06.2026
Chirchiqda kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026