Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda mustaqillik kuni bayrami nishonlanishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari va kuch ishlatish tizimlari xodimlari qisman kuchaytirilgan xizmat holatiga o‘tdi. Bu 9 sentabr kuni Tojikiston davlat mustaqilligining 27 yilligi nishonlanishi bilan bog‘liq, deb xabar berdi «Aziya-Plyus».
Mamlakat kuch ishlatish tuzilmalari 1 sentabrdan «kazarma holati»ga o‘tadi.
Mamlakatning barcha shahar va tumanlarida, respublikaning tashqi chegaralarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi, militsiya patrullariga maxsus bo‘linmalar jangchilari hamrohlik qiladi.
Mustaqillik bayrami tantanalaridan so‘ng kuch tuzilmalarining alohida bo‘linmalari Emomali Rahmon ishchi tashrif bilan boradigan Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatiga tashlanadi.
Ular davlat rahbarining tashrifi davomida viloyat hududida mahalliy kuch ishlatish tuzilmalari bilan birgalikda xavfsizlikni ta'minlashadi.
Mavzuga oid
21:20 / 20.05.2026
O‘zbekistonda 27 may – Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
08:53 / 06.03.2026