O‘zbekistondagi quvvatlarning ishga tushirilishi «Lukoyl»ga kapital xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi
«LUKOYL» guruhi tomonidan gaz qazib olish 2018 yilning birinchi yarmida 16,1 milliard kub.m.ni tashkil etdi. bu 2017 yilning birinchi yarmiga nisbatan 20,2%ga ko‘pdir. Bu haqda kompaniyaning 29 avgust kuni e'lon qilingan hisobotida aytiladi.
Ikkinchi chorakda gaz qazib olish hajmi 8,1 milliard kub.m.ni tashkil etdi, bu o‘rtacha sutkalik nisbatda 2018 yilning birinchi choragi darajasiga to‘g‘ri keladi.
«Gaz qazib olishning o‘sishi asosiy omiliga O‘zbekistondagi loyihalarni muvaffaqiyatli rivojlantirish aylandi», - deya ta'kidlaydi kompaniya.
Gaz qazib olishga tayyorgarlik uchun yangi quvvatlarning ishga tushirilishi natijasida, Qandim va Hisor loyihalari bo‘yicha qazib olish hajmi 2018 yilning birinchi yarmida 6,1 mlrd kub.m.ga yetdi, bu 2017 yilning birinchi yarmidan ikki barobarga ko‘pdir.
Kompaniyaning kapital xarajatlari yilning birinchi yarmida 226,8 mlrd rublni tashkil etdi, bu 2017 yilning birinchi yarmiga nisbatan 11,0%ga past.
«Kamayish asosan asosiy ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi munosabati bilan O‘zbekistondagi gaz loyihalariga investitsiyalarning qisqarishi bilan bog‘liq», - deya qayd etadi kompaniya.
2018 yilning ikkinchi choragida kapital xarajatlar 105,7 mlrd rublni tashkil etib, avvalgi chorakka nisbatan 12,6% kamaydi. Bu yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lovlar jadvali bilan bog‘liq.
2018 yilning birinchi yarmida EBITDA ko‘rsatkichi 514,7 mlrd rublgacha ko‘tarildi, bu 2017 yilning birinchi yarmiga nisbatan 33,1 foizga ko‘pdir.
2018 yilning 2-choragida ushbu ko‘rsatkich 295,2 mlrd rublni tashkil etib, 2018 yilning birinchi choragiga nisbatan 34,5% ko‘p bo‘ld.
«Har ikki davrda ham EBITDA dinamikasiga ijobiy ta'sir O‘zbekistonda gaz, neft qazib olish tuzilmasidagi yuqori-marjinal hajmlar ulushi oshishi tufayli yuzaga keldi», - deya ta'kidlaydi kompaniya.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024