XTV va Din işlari böyiça qömita yagona maktab formasiga oid pozitsiyasini ma'lum qildi
|21:38 / 31.08.201846 09617 min
Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatiFoto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati
Özbekistonda yagona maktab formasining joriy etilişi yuzasidan Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Din işlari böyiça qömita öz pozitsiyasini bildirdi. Quyida uning töliq matni keltiriladi.
Özbekistonda yagona maktab formasini joriy etilişi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fuqarolar tomonidan yuzaga kelgan munozaralar, xususan diniy liboslar (hijob va b.qa) kiyişga belgilangan çeklovlar natijasida diniy erkinlik çeklanişi mumkin degan yondaşuvlar mazkur masala yuzasidan fikr bildirilişini taqozo etmoqda.
Maktab formasini joriy etişga oid milliy qonunçilik, umume'tirof etilgan xalqaro qoida va standartlar, xorijiy davlatlar tajribasi, psixologik va fiziologik jihatlar çuqur örganilib, quyidagilar ma'lum qilinadi.
Tasdiqlangan maktab formasi kiyiniş madaniyati va estetik talablarga mos ravişda mö'tadil şaklda işlab çiqilgan bölib, öquvçilar örtasida ijtimoiy adolat va tenglikni ta'minlaydi, ularning salomatligi, psixologik, fiziologik jihatlariga töliq javob beradi, turli dinlarning kiyinişga oid qaraşlari, qoida va me'yorlarini kamsitmaydi, şu bilan birga milliy mentalitetimizga zid ommaviy madaniyatga xos bölgan oçiq-soçiq liboslarning öquvçi yoşlar örtasida tarqalişini oldini oladi.
I. Özbekistonning milliy qonunçiligi
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida Özbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etişni közlagani körsatilgan.
Şu bois, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan har qanday islohot, jumladan yoşlarni sifatli ta'lim olişlarini ta'minlaşga qaratilgan islohotlar insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslanişi lozim.
Konstitutsiyada Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi, şuningdek maktab işlari davlat nazoratida va maktablarda amalga oşiriladigan islohotlar davlat tomonidan amalga oşirilişi alohida körsatilgan.
Binobarin, maktab işlariga oid islohotlar davlat tomonidan amalga oşirilar ekan, bunda fuqarolarga
Mavzuga oid
ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişi, e'tiqodi, şaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar
bir xil şaroit yaratilişi lozim
.
“Ta'lim töğrisida”gi Qonunga köra ta'lim sohasidagi davlat siyosati ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi tamoyili asosida amalga oşiriladi hamda barça yoşlarga bilim olişda teng huquqlar beriladi.
Ayrim fuqarolar Özbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga e'tiqod qilişini ta'kidlab, maktablarda hijob yoki boşqa din bilan boğliq liboslarni kiyişga ruxsat berilişi kerakligini aytişgan.
Bunday fikrlar Konstitutsiyamizda belgilangan fuqarolarning vijdon va e'tiqod erkinligi hamda teng huquqliligi kabi tamoyillarni umuman hisobga olmaydi.
Qayd etiş lozimki, fuqarolarning e'tiqodi, ularning diniy qaraşlari davlatning siyosatida, jumladan ta'lim siyosatida va jarayonida, öqitiladigan predmetlarida qamrab olinişi mumkin emas. Bunga Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz yöl qöymaydi.
Binobarin, “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida” gi Qonunning 7-moddasiga binoan Özbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan, ta'lim tizimining öquv dasturlariga diniy fanlar kiritilişiga yöl qöyilmaydi, fuqarolarining dunyoviy ta'lim oliş huquqi ularning dinga bölgan munosabatidan qat'i nazar ta'minlanadi.
Mazkur qonunga asosan dinga e'tiqod qiliş yoki qilmaslik erkinligi jamoat tartibini, boşqa fuqarolarninghuquqi va erkinliklarini ta'minlaş uçun zarur bölgan darajada çeklanişi mumkin.
Qisqa qilib aytganda, har birimizning huquqlarimiz, şu jumladan diniy huquqlarimiz, tenglik va davlatning dindan ajratilganligi prinsiplariga töqnaş kelsa öşa yerda çeklanişi mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda yagona şakldagi maktab formalarini joriy qilişda turli din vakillarining muştarakligini saqlaş ham dolzarb vazifa hisoblanadi. Özbekistonda 16 ta diniy konfessiyaga mansub 160 millat vakillarining 5,2 mln. öquvçi yoşlar maktablarda ta'lim olmoqdalar.
Ba'zi fuqarolarning yagona maktab formasini kiritilişi va unda hijobga ruxsat etilmaganligi Konstitutsiyaning 31-moddasini poymol etişi töğrisidagi qaraşlari ham mavjud.
Vaholanki, Konstitutsiyaning 31-moddasida hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanişi, har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qiliş yoki heç qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga egaligi hamda diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmasligi belgilangan.
Vijdon erkinligi nimaligini çuqurroq örgansa, yuqoridagi qonunning 3-moddasiga asosan vijdon erkinligi bu fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qiliş yoki heç qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan huquqidir.
Demak, maktab formasi bilan boğliq munosabatda fuqaroning u yoki boşqa dinga e'tiqod qilişiga çeklovlar qöyilayotgani yoki bu huquq boşqaça tarzda töxtatilayotgani yöq. Mazkur huquq har bir insonning öz şaxsiy huquqi va uşbu holatda şaxsning biron bir dinni tanlaş yoki umuman dinni tanlamaslikka çorlaydigan holat mavjud emas.
Xalqaro huquq normalari ham, boşqa köplab davlatlarning tajribasi ham körsatib ötilgan milliy qonunçilikning töğridan-töğri keltirilgan normalari ham buni aniq isbotlaydi.
Yuqoridagi fuqarolarning sub'yektiv va asossiz qaraşlari diniy huquqlar çeklanyapti degan uydirmalarni tarqatilişiga va keng ommada notöğri fikr şakllanişiga olib kelişi mumkin.
II. Umume'tirof etilgan xalqaro qoida va standartlar
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi Xalqaro pakt, Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya va boşqa xalqaro hujjatlarda ta'kidlanganidek, ta'lim insonşaxsi va uning qadr-qimmatini töliq rivojlantirişga yönaltirilgan bölişi lozim.
Özbekiston Respublikasining din va ta'lim sohalarida olib borilayotgan siyosat, şuningdek mazkur sohalardagi milliy qonunçilik Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boşqa umume'tirof etilgan xalqaro hujjatlarga mos keladi.
Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 29-moddasiga köra har bir inson öz huquqi va erkinliklaridan foydalanişda özgalarning huquq va erkinliklarini demokratik jamiyatda yetarli darajada bölişini hamda hurmat qilinişini ta'minlaş, axloq, jamoat tartibi, umum farovonligining odilona talablarini qondiriş maqsadida qonunda belgilangan çeklanişlarga rioya etişi kerak.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 26-moddasiga köra, ta'lim inson şaxsini töliq şakllantirişga va inson huquqlari va asosiy erkinliklarga hurmatni yuksaltirişga xizmat qilişi lozim.
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar töğrisidagi Xalqaro Paktning 13-moddasiga köra, ta'lim erkin jamiyatda barçaning samarali iştirok etişiga kömaklaşadi, barça millatlar, irqiy, etnik yoki diniy guruhlar örtasidagi tuşuniş, bağrikenglik va döstlikni qöllab-quvvatlaydi.
1989 yil 20 noyabrdagi “Bola huquqlari töğrisida”gi Konventsiya 18 yoşgaça bölgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvçi asosiy xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi. Mazkur Konventsiyada bolalarga beriladigan ta'lim inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, şuningdek BMT Ustavi boş tamoyillariga hurmat ruhida tarbiyalaşga yönaltirilgan bölişi kerakligi qayd etilgan.
1960 yil 14 dekabrdagi Ta'lim sohasidagi kamsitişlarga qarşi kuraş töğrisida Konventsiyaning 5-moddasiga asosan ta'lim inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilişga, barça millatlar, irqiy, etnik yoki diniy guruhlar örtasidagi tuşuniş, bağrikenglik va döstlikka yönaltirilgan bölişi lozimligi qayd etilgan.
III. Xorijiy davlatlar tajribasi
Tadqiqotlarga köra, asosan jamoat joylarida ayollarning diniy liboslarini kiyib yuriş böyiça çeklovlar dunyoning 50 ta davlatida, jumladan, Jazoir, Ummon, Singapur, Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Şveytsariya, Germaniya, Daniya, Italiya, Niderlandiya, Ispaniya, Makedoniya, Bolgariya, Xorvatiyada va boşqa davlatlarda joriy etilgan.
Şu bilan birga, dunyoning köplab davlatlarida maktab öquvçilari uçun yagona namunadagi formalar ham joriy etilgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Avstraliya, Rossiya, Hindiston, Qozoğiston va Tojikiston kabi qator davlatlarda.
Fransiyada davlat xizmatçilari, xususan öqituvçilarning diniy ramzlarni oşkorona taqib yurişi qonun bilan taqiqlangan, şuningdek, agar öquvçilar hijob, Sikx sallasi, yahudiyça boş kiyimlar (kipa) kabi diniy ramzlarni taqib olsa davlat maktablariga borişlari mumkin emas.
Germaniyaning 16 viloyatidan 8 tasida parlamentdagi muhokamalar va tuşuntiruvçi hujjatlarda hijob masalasiga oydinlik kiritilib, maktab öqituvçilariga jamoat joylarida oşkora diniy liboslar va ramzlar taqib yurişni taqiqlovçi me'yorlar qabul qilingan.
AQŞ va Kanadada yagona maktab formasi deyarli barça xususiy maktablarda taşkil etilgan. Davlat maktablarida yagona maktab formasi tasdiqlanmagan bölsa-da, kiyiniş qoidalari (dress code) tasdiqlangan.
Yaponiyada ham örta va yuqori maktab öquvçilari uçun yagona maktab formasi majburiy hisoblanadi. Har bir maktabda özining yagona formasi mavjud. Biroq, odatda örta maktabdan boşlab öğil bolalar harbiyça uslubda, qiz bolalar esa dengizçi uslubida kiyinişadi.
MDH davlatlari içida Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Qozoğiston davlatlarida yagona maktab formasi mavjud. Xususan, Rossiyada öquvçilar uçun yagona maktab formasini joriy etiş masalasi qonun bilan tartibga solingan.
Mazkur işlar amalga oşirilişi orqali öquvçilar örtasidagi tengsizlik, özaro kamsitilişga çek qöyilişi, ijtimoiy adolat örnatilişi, öqituvçilarning dars davomida diqqatini öquvçilar örtasida töğri taqsimlanişi, şuningdek öquvçilarning özlaştirişi va salohiyatini oşişiga olib kelgan.
IV. Xalqaro va çet davlatlar milliy sudlari amaliyoti
Xorijiy davlatlarda ta'lim muassasalarida diniy liboslar kiyib yurişni çeklaş böyiça nizolar sudlarda köp marotaba körib çiqilgan va natijada uşbu masalada yakuniy qarorlar qabul qilingan. Mazkur qarorlarning deyarli barçasida ta'lim muassasalarida davlat tomonidan hijob kiyişning çeklanişi inson huquqlariga zid emac” degan töxtamga kelingan.
Xususan, Şveytsariyada boşlanğiç maktab öqituvçisi L. Dalab Jyenevadagi maktab ma'muriyatining dars vaqtida hijob kiyişni taqiqlaş böyiça qaroridan (Jyenevaning 1940 yil 6 noyabrdagi Davlat ta'limi töğrisidagi qonuni 6-bölimiga muvofiq qabul qilingan) şikoyat qilgan, oxir oqibat 1997 yil Federal sud tomondan qaror öz kuçida qoldirilgan. Şikoyati qondirilmaganligi sababli, keyinçalik L. Dalab 1996 yilda maktab ma'muriyati tomonidan maktabda hijob kiyişni taqiqlaş töğrisida qabul qilgan qarori va uşbu qaror 1997 yilda Federal sud tomondan öz kuçida qoldirilganligini vaj qilib Yevropa sudiga Inson huquqlari böyiça Yevropa Konventsiyasining 9-moddasi (Fikrlaş, vijdon va din erkinligi) buzilganini körsatib ötgan holda şikoyat qilgan.
Konventsiyaning 9-moddasi fikrlaş, vijdon va din erkinligiga bağişlangan bölib, butun dunyo davlatlari tomonidan umume'tirof etilgan norma hisoblanadi. Unga köra har kim fikrlaş, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq öz içiga öz dinini yoki e'tiqodini almaştiriş erkinligi va e'tiqod qiliş erkinligi yoki yakka, şuningdek jamoat bilan birgalikda va yakka tartibda e'tiqod qiliş, ibodat qiliş, ta'lim oliş, diniy va madaniy marosimlarda qatnaşiş huquqiga ega.
Moddaning 2-bandiga asosan öz e'tiqodi yoki diniga e'tiqod qiliş erkinligi qonunçilikda nazarda tutilgan va demokratik jamiyatda jamoat xavfsizligi masalalarida, jamoat tartibini, soğligi yoki axloqini muhofaza qiliş yoxud boşqa şaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qiliş maqsadida çeklaşga yöl qöyiladi.
Yevropa sudi tomonidan Inson huquqlari böyiça Yevropa Konventsiyasi talablari har tomonlama örganilib, Jyenevadagi maktab ma'muriyatining dars vaqtida hijob kiyişni taqiqlaş böyiça qarori Konventsiyaning 9-moddasiga zid emas deb topilgan.
Maktab ma'muriyati tomonidan qabul qilingan qaror Jyenevaning 1940 yil 6 noyabrdagi “Davlat ta'limi töğrisida”gi Qonunining 6-bölimida davlat ta'lim tizimi öquvçilar va ota-onalarning siyosiy va diniy qaraşlarini hurmat qilinişini ta'minlaşi qayd etilgan. Şuningdek, Jyeneva Konstitutsiyasining 164-moddasi bilan Davlat va Çerkov bir-biridan ajratilganligi, Davlat dunyoviy ekanligi mustahkamlab qöyilgan. Konstitutsiyaning mazkur moddasidan kelib çiqib, Davlat ta'limi töğrisidagi qonunning 120-2 moddasiga asosan davlat xizmatçilari dunyoviy bölişi lozim, uşbu qoidani istisno etişga faqatgina universitet öqituvçilari jamoasini hurmat qilgan holda ruxsat etiladi.
Şuningdek, Tuba Aktas (öquvçi qiz, 1988 y.), Seref Bayrak (qizining vakili), Maxmud Sadek Gamaleddin (qizining vakili), Gazal (öquvçi qiz, ), J. Singx (öquvçi bola, 1989 y.) va R. Singx (öquvçi bola, 1987 y.) kabi öquvçi yoşlar va ota-onalar Fransiyaga qarşi Yevropa sudiga şikoyat qilgan.
Nizoning kelib çiqişi qiz öquvçilarning hijob va römolda, öquvçi bolalarning salla va keskida maktabga kelişidan boşlangan. Maktab ma'muriyati Fransiya qonunçiligiga asosan yuqorida keltirilgan öquvçilarning maktablarga diniy liboslarda kelişlarini taqiqlagan.
Ma'lumot uçun: Fransiyada 2004 yil 15 martda dunyoviylik va maktablarda oşkorona diniy ramzlarni taqib yurişni taqiqlovçi qonun qabul qilingan.
Sud tomonidan nizolar Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qiliş töğrisidagi konvensiyaning 9 (Fikrlaş, vijdon va din erkinligi), 14 (Kamsitişni taqiqlaş) moddalari, Konventsiya doirasida qabul qilingan 1-Protokoldagi 2 (ta'limga bölgan huquq) modda, Konventsiya doirasida qabul qilingan 7-Protokoldagi 4 (takroran sudlaniş yoki jazoga tortilmaslik) moddalari böyiça körib çiqilgan.
Natijada maktablarda diniy liboslar, ramzlarning taqib yurilişining çeklanganligi inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar va Fransiya milliy qonunçiligi zid emas deb topilgan hamda yuqoridagi 6 ta nizoning barçasi sud tomonidan rad etilgan.
Ya'ni, davlat muassasalarida umumiy uniformalar, dress-kodlar kiritilişi mumkin va bu tartib barçaga bir xilda tatbiq etilişi zarur.
Sud tomonidan sekulyar davlatlarda, ya'ni dinning davlatdan ajraliş prinsipi hukmron bölgan davlatlarda davlat doimo neytralligini saqlab qolişi zarur va teng munosabatlarga zamin yaratişi kerak, u yoki boşqa dinga yonbosmasligi, yagona yondaşuv asosida faoliyat yuritişi kerakligi ta'kidlangan.
Sud tomonidan eng muhim e'tirof etilgan prinsiplardan biri bu, qanday din bölişidan qat'iy nazar, din erkinligi insonga din tomonidan belgilangan yoki buyurilgan barça amallarni çeklovlarsiz bajarişga, şuningdek ommaviy munosabatlarda har qanday holatda diniy talablardan kelib çiqib özini tutiş va harakat qiliş huquqini bermaydi.
V. Psixologik va fiziologik jihatlar
Yagona maktab formasini joriy etiş nafaqat bugungi kundan balki, insoniyat tarixining qadimgi davrlaridan boşlangan. Barça uçun barobar, ijtimoiy adolatni ta'minlovçi maktab formalari tarixan şakllanib kelgan. Qadimgi davrlarda ilk maktab formalari Gretsiyada, şuningdek Hindistonda joriy etilgan. Ularni joriy etişda iqlim şaroiti va aholining imkoniyatlari hisobga olingan.
Yagona maktab formasi joriy etilişining quyidagi psixologik va fiziologik jihatlari ham mavjud:
birinçi, maktab formasi boşqa har qanday forma singari intizomga çorlaydi, hamjihatlikka olib keladi, öquvçilarda jamoatçilik tuyğusi, umumiy maqsadlar sari olğa intilişga örgatadi;
ikkinçi, yagona maktab formasi maktab öquvçilari (ularning ota-onalari) örtasida kiyiniş böyiça raqobatni çeklaydi, turli xil ijtimoiy-iqtisodiy toifadagi oilalar farzandlari orasida tabaqalanişning vizual farqini keskin kamaytiradi;
uçinçi, yagona maktab formasi standartining davlat miqyosida joriy qilinişi öqituvçilar uçun ham öz kasblarini puxta bajarilişida, kiyiniş va liboslar bilan boğliq vujudga keladigan köplab muammolardan xolis etadi. Şuningdek, maktab formasiga yagona yondaşuv diniy liboslar yuzasidan kelib çiquvçi ota-onalarning qaraşlari va fikrlari natijasida yuzaga keladigan ta'lim jarayoniga ta'sir qiluvçi bahslar, munozaralar, tortişuvlar va kelişmovçiliklarni oldini oladi. Respublikaning va boşqa davlatlarning qariyb barça pedagog xodimlari yagona maktab formasidagi tenglik va birxillik ularning işini jiddiy ravişda osonlaştirişini ta'kidlaşadi.
Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim şaxslar tomonidan keltirilayotgan çaqiruvlarga nisbatan “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida” gi Qonuni 4-moddasidagi quyidagi normalari bilan rahbarlik qiliş maqsadga muvofiqdir:
heç kim diniy e'tiqodini rökaç qilib qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarişdan boş tortişga haqli emas;
dindan duşmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyğotiş, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzişda, böhton, vaziyatni beqarorlaştiruvçi uydirmalarni tarqatişda, aholi örtasida vahima çiqarişda hamda davlatga, jamiyat va şaxsga qarşi qaratilgan boşqa xatti-harakatlarda foydalanişga yöl qöyilmaydi.