Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi
Direktor formasi yo‘q o‘quvchini maktab darvozasidan tashqariga chiqarib yuborishini aytgan. Holat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, direktor jarimaga tortildi.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatma bergan direktorga chora ko‘rilganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi 23-umumta’lim maktab direktori F.Sh. o‘quvchilar formasi uchun pul yig‘imi tashkil etgani tasvirlangan video tarqaldi. U o‘qituvchilarga videomurojaat yo‘llab, 70 mingdan yig‘ishni, formasi yo‘q o‘quvchini esa maktab darvozasidan tashqariga chiqarib yuborishini aytgan.
Holat boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘rganib chiqilgan. Aniqlanishicha, maktab direktori F.Sh. haqiqatan maktab o‘qituvchilariga 2025 yilning 21 yanvar kuni maktabning Telegram guruhiga vedeomurojaat qilib, barcha o‘quvchilarga «jaket» olinishi maqsadida ko‘rsatma bergan.
Natijada, maktab direktori F.Sh.ga nisbatan boshqarma boshlig‘ining 2025 yil 22 yanvardagi tegishli buyrug‘iga asosan o‘rtacha oylik ish haqining 25 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Shuningdek, maktab jamoasiga kelgusida ushbu holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirish berilib, sinf rahbarlardan tushuntirish xatlari olingan.
«Ta’lim tashkilotida majburiy tartibda o‘quvchilarning forma kiyishiga doir pul mablag‘larini yig‘ish, tashkil etish, qat’iyan taqiqlanadi. Bu kabi salbiy holatlarini Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi keskin qoralashini ma’lum qilamiz», — deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov 2024/2025 o‘quv yilida maktablarda o‘quvchilar uchun majburiy forma joriy etilmasligini ma’lum qilgandi. «Har yili har bir maktab tomonidan o‘z nizomi bo‘yicha belgilangan forma tanlab olinadi. Hozirga qadar o‘quvchilar bir xil forma kiysin, degan qattiq talab qo‘yilmadi. Demak, bu yili ham maktablarda majburiy forma joriy etilmaydi», degandi u.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025