Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobotga tuzatish kiritildi
Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining shakllariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisob-kitobi va unga ilovalardan aholiga realizatsiya qilinadigan tabiiy gaz bo‘yicha QQSni umumiy summalardan ajratuvchi ko‘rsatkichlar aks ettirilgan satrlar chiqarib tashlandi. Bu bilan hisobot Soliq kodeksiga muvofiqlashtirildi – 2015 yil 1 yanvardan aholiga realizatsiya qilinadigan gaz bo‘yicha QQSning nol darajali stavkasi bekor qilingan (4.12.2014 yildagi O‘RQ–379-son Qonunning 4-moddasi 21-bandi). Gaz narxi davlat tomonidan tartibga solinadi va QQSni o‘z ichiga oladi.
QQS hisob-kitobiga 6-ilova «Nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hisob-kitobi»ning 060-satri Soliq kodeksining 217-moddasiga muvofiq bayon etildi. Aholiga ko‘rsatiladigan va nol darajali stavka bo‘yicha QQS solinadigan kommunal xizmatlar ro‘yxatiga idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Mudofaa vazirligining bo‘linmalari tomonidan olinadigan xizmatlar qo‘shimcha qilindi.
Hujjat 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:50 / 05.09.2024