Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Iroq bo‘yicha yangi maxsus vakili tayinlandi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Niderlandiyaning sobiq mudofaa vaziri Janin Xennis-Plasshertni Iroq bo‘yicha maxsus vakili va Iroqqa yordam berish bo‘yicha missiyaning boshlig‘i qilib tayinladi.
Xennis-Plasshert slovakiyalik Yan Kubishning o‘rnini egallaydi.
Ta'kidlanishicha, Xennis-Plasshert siyosiy va diplomatik faoliyat bo‘yicha 20 yillik tajribaga ega. U 2012 yildan 2017 yilgacha Niderlandiya mudofaa vaziri bo‘lib faoliyat yuritgan va bu lavozimga tayinlangan ilk ayol bo‘lgan. Xennis-Plasshert bu lavozimida Niderlandiyaning Mali, Afg‘oniston va Iroqdagi harbiy harakatlaridagi ishtirokini nazorat qilgan, YeI, BMT, NATO va BMT hamkorlari bilan birga ishlagan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026