Jamiyat | 11:42 / 01.09.2018
2642
1 daqiqa o‘qiladi

Muqaddam sudlangan shaxs deyarli 23 million so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘marib ketdi

Illyustrativ foto

Shu yil 14 iyun kuni Buxoro shahrida yashovchi N.F. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda shu yil 12 iyun kuni noma'lum shaxs uning xonasidan umumiy qiymati 22 mln. 800 ming so‘mlik 9 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilingan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qorako‘l tumanida yashovchi muqaddam sudlangan M.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid