Jahon | 22:03 / 02.09.2018
11390
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi og‘riqsizlantiruvchi: Morfiydan 100 karra kuchli va tobelik keltirib chiqarmaydi

Foto: pixabay

Amerikalik olimlar anesteziyada haqiqiy inqilobni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan dori vositasini ixtiro qilishdi. Yangi og‘riqsizlantiruvchi morfindan ancha samarali, lekin preparatga tobelik kabi aks ta'sirni keltirib chiqarmaydi, deyiladi ScienceTranslationMedicine jurnalida. 

AT-121 nomini olgan modda jonivorlarda sinovdan o‘tkazib bo‘lindi va ijobiy natija ko‘rsatdi. 

"Shu bilan birga, bu modda dorivor opioidlarning salohiyatli suiste'mol qilinishini samarali bloklaydi, shuning uchun undan nafaqat og‘riq, balki opioid tobelikni davolashda ham foydalanishga umid qilamiz", - dedi dori vositasi ishlab chiqaruvchilaridan biri, Ueyk-Forest Mey Universitetining farmokologiya bo‘yicha professori Chuan Ko. 

Bugunga kelib opioidlar guruhining dorivor preparatlari eng samarali anesteziya vositasi hisoblanadi. Ular turli kelib chiqishga ega surunkali kasalliklarni davolashda keng qo‘llanadi. 

AQShda 2 milliondan ziyod kishi tibbiy opioidlarni suiste'mol qiladi. O‘tgan yili mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri milliy opioid inqirozni to‘xtatish uchun favqulodda vaziyat haqida e'lon qildi. 

Farmokologlar o‘nlab yillar davomida "zavqlanish markazi"ga ta'sir o‘tkazmay, og‘riqni bloklashga qodir moddani ishlab chiqarishga harakat qilishdi. Biroq bu ancha murakkab vazifa bo‘lib chiqdi.

Shunday bo‘lsa-da, bunday dori vositasining bir necha prototipi ishlab chiqildi. Yangi preparat esa, aftidan, bu sohada haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. 

"AT-121 bu ikki funksiyani bir molekulada birlashtiradi va o‘ylaymizki, bu bir vaqtning o‘zida ikki preparatni qabul qilishdan ko‘ra yaxshiroq farmatsevtik strategiya", - deydi Ko.

Mavzuga oid