Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston shimolidagi musson yomg‘irlar 16 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Foto: AP Photo / Ajit Solanki
Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatiga yopirilgan kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi og‘ir jarohatlar oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 6 kishi chaqmoq urushi qurboni bo‘lgan, qolganlar esa binolar tomlari qulashi, daraxtlar ag‘darilishi va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lgan. Shuningdek, tabiiy ofat oqibatida 460 dan ko‘proq uyga shikast yetgan.
Hindistonda iyundan sentabr o‘rtalarigacha musson yomg‘irlar mavsumi davom etadi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, joriy yilda yomg‘irlar qurbonlari soni mingdan oshib ketdi.
Mavzuga oid
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026