Jamiyat | 15:00 / 02.09.2018
13831
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda bir guruh harbiy xizmatchilarga yangi uylar kaliti topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli Termiz shahridagi harbiy qismlarning bir guruh harbiy xizmatchilariga yangi xizmat uylari kaliti tantanali ravishda topshirildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zaynobiddin Iminov, harbiy xizmatchilarning oila a'zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, tadbirda O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan harbiylar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoya qilishga alohida e'tibor qaratilayotgani alohida ta'kidlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Termiz shahrida barpo etilgan 32 xonadonga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uyda harbiylar va ularning oila a'zolari uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

«Yangi uyda yashash uchun barcha sharoit mavjud. Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zamonaviy jihozlangan. Bu yerdagi qulayliklardan ayniqsa, turmush o‘rtog‘im va farzandlarimiz juda xursand. Vatan oldidagi xizmat burchimizni sharaf bilan bajarish uchun bizga shunday sharoitlar yaratib berayotgan davlatimizdan behad minnatdormiz», – deydi katta leytenant A. Amirov.

Tadbir davomida Termiz shahar madaniyat xodimlari ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga yanada xush kayfiyat ulashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid