Jahon | 22:00 / 03.09.2018
3971
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada inqiroz tufayli vazirliklar soni ikki martaga qisqartiriladi

Foto: SS0 Public Domain

Argentina prezidenti Maurisio Makri mamlakatdagi vazirliklar sonining ikki martaga qisqartirilishini e'lon qildi. 

Uning aytishicha, bunday choralar milliy valyutaning keskin qaddrsizlanishidan keyin byudjyet xarajatlarini qisqartirish uchun qabul qilinmoqda. Argentina pesosi yil boshidan beri 50 foizga qadrsizlashgan.

Prezident byudjyetni to‘ldirishning yana bir manbasi sifatida inqirozgacha bekor qilingan eksport bojlarini oshirishni taklif qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid