Prezident Şavkat Mirziyoyev va hukumat a'zolari Özbekiston Qahramoni, navoiyşunos olima Suyima Ğaniyeva vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda ÖzA ma'lum qildi.
Özbekiston ilm-fani oğir judolikka uçradi. Atoqli adabiyotşunos olim, professor, Özbekiston Qahramoni Suyima Ğaniyeva 86 yoşida vafot etdi.
S.Ğaniyeva 1932 yilda Toşkent şahrida xizmatçi oilasida tuğildi. 1952 yilda Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning şarqşunoslik fakultetini tamomladi.
1953-1956 yillarda Leningrad davlat universiteti aspiranturasida ta'lim oldi.
Bölğusi olima öz mehnat faoliyatini 1956 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kiçik ilmiy xodimi sifatida boşladi. Şu yili buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy ijodiga bağişlangan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Keyinçalik Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti ilmiy kotibi, Toşkent davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti professori lavozimlarida faoliyat körsatdi.
U özining qariyb 60 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida özbek mumtoz adabiyoti böyiça fundamental tadqiqotlar olib bordi. Mustaqillik yillarida adabiyotimiz va madaniyatimizni rivojlantiriş, milliy adabiyotimizning jahon madaniy sivilizatsiyasida tutgan örnini xalqaro miqyosda keng tarğib etişga katta hissa qöşdi.
S.Ğaniyeva öz ilmiy faoliyati davomida yaratgan 14 ta monografiya, 350 dan ziyod ilmiy-nazariy maqolalar mamlakatimiz va xalqaro ilmiy naşrlarda çop qilingan, 20 dan ortiq öquv-metodik qöllanmalari respublika oliy ta'lim muassasalari öquv jarayoniga tatbiq etilgan.
Olima Alişer Navoiy ijodini çuqur örganib, özining teran ilmiy tadqiqotlari bilan navoiyşunoslik sohasida öziga xos ilmiy maktab yaratdi.
Uning «Alişer Navoiyning hayoti va ijodi», «Alişer Navoiy ijodida milliy mafkura», «Navoiy ğazallarida jömardlik motivlari», «Navoiy vasiyati», «Navoiy dastxati» kabi sermazmun asarlari yurtimiz va çet el adabiyotşunoslari tomonidan ilmiy kaşfiyotlar sifatida e'tirof etilgan.
S.Ğaniyeva Alişer Navoiyning uzoq yillar davomida ilm-fanga noma'lum bölib kelgan “Munojot” asarini topib, naşr ettirgan.
Olima 2011 yilda Alişer Navoiyning 20 jildlik mukammal asarlar töplamini naşrga tayyorlaşda faol iştirok etgan.












