Özbekiston Qahramoni, navoiyşunos olima Suyima Ğaniyeva 86 yoşida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Suyima Ğaniyeva 1932 yil Toşkentda tuğilgan. Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Şarq fakultetida ta'lim olgan. 1956 yildan ÖzFA Til va adabiyot institutida, Toşkent Davlat konservatoriyasida, 1993 yildan Toşkent Davlat şarqşunoslik institutida işlab kelgan.
Olima adabiyotşunoslik, matnşunoslik va tarjimaçilik sohasida yaratilgai 20ta kitob va risolalar, 300dan ortiq maqola va taqrizlar muallifi hisoblanadi.
Suyima Ğaniyeva Alişer Navoiy asarlarini naşrga tayyorlagan. Olima «Majolis un-nafois»ning ilmiy-tanqidiy matnini çop ettirgaç, «Navoiy dastxati» kitobini öquvçilar hukmiga havola etgan. Alişer Navoiy mukammal asarlar töplami (20 tomlik)da u «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub», «Munşaot», «Vaqfiya», «Hamsat ul-mutahayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardaşer», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Nazm ul-javoxir», «Muhokamat ul-luğatayn» kabi asarlarni izoh va tarjimalar bilan naşrga tayyorlangan.
Navoiyning nasriy merosini örganiş - Suyima Ğaniyeva ilmiy faoliyatining eng salmoqli, eng namunali qismini taşkil etgan.
1999 yilda Suyima Ğaniyeva «El-yurt xizmati» ordeni, 2008 yilda «Buyuk xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlangan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti sovrindori, Özbekiston qahramoni edi.
Suyima Ğaniyeva bugun, 1 sentabr kuni «Çiğatoy» qabristonida dafn etiladi.
Kun.uz tahririyati marhumaning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik izhor etadi.












