Jismoniy yuklamalarning o‘ta jiddiy xavfi ma'lum qilindi
Britaniya Kolumbiyasi Universiteti olimlarining aniqlashicha, sportchilar muntazam jismoniy faolliklarga qaramay, yurak-qon tomir kasalliklardan aziyat chekishga moyil bo‘ladi. Bu esa, avvalgi tadqiqotlar natijalarini tasdiqlaydi, unga ko‘ra doimiy yuklamalar ostida bo‘lgan insonlarda erta o‘lim xavfi oshadi. Bu haqda MedicalXpress’ning matbuot uchun xabarnomasida aytiladi.
Mutaxassislar haftada kamida uch kun davomida o‘rta va yuqori jismoniy faollikka ega bo‘lgan, 35 yosh va undan katta yoshdagi 798 nafar sportchi haqidagi ma'lumotni tahlil qildilar. Ko‘ngillilar sog‘lik, oilaviy tibbiy tarix va sport mashqlari haqidagi ko‘plab savollarga javob berishdi. Ishtirokchilarning qon bosimi o‘lchandi, koronar angiografiya qilindi.
Natijada, 94 kishida yurak-qon tomir kasalliklari belgilari, 10 kishida esa - asoratlarsiz koronar arteriya funksiyasining og‘ir buzilishi aniqlandi.
Garchi jismoniy faollik yurak kasalliklari, saraton hamda depressiyani oldini olishda yordam berishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, haddan tashqari yuklamalar sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Olimlar muntazam ravishda shifokor bilan maslahatlashishni maslahat berishmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 12.11.2024
Yong‘oqlar orttirilgan aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytiradi - tadqiqot
10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
15:55 / 05.11.2024