Xotin-qizlar qo‘mitasi bekatlarda yotib yurgan ayolning holatini nazoratga oldi
Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi avtobekatda keksa yoshdagi ayolning nochor ahvolda yotgani aks etgan suratlar tarqaldi. Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keng bahs-munozaralariga sabab bo‘ldi.
Mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston xotin-qizlari qo‘mitasi tomonidan ayolning oldiga mutaxassislar guruhi yuborildi. Ma'lum bo‘lishicha, 68 yoshli ayol farzandlarining uyini sotib Rossiyaga ketganliklari sabab doimiy yashash joyidan mahrum bo‘lgan. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kardiologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Ayni damda vaziyat O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi, shuningdek, Toshkent shahar, Sergeli tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan nazoratga olingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayol tezkor tibbiy yordam olganidan so‘ng sog‘lomlashtirish uchun boshqa kasalxonaga o‘tkaziladi hamda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari tiklanib, doimiy uy-joy bilan ta'minlanishi bo‘yicha zaruriy choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
09:53 / 03.11.2024
Toshkentda Spark bilan to‘qnashgan Matiz ag‘darilib ketdi
10:35 / 03.10.2024
9 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchiga nisbatan tergov harakatlari davom etmoqda - Toshkent shahar IIBB
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
09:27 / 10.07.2024