Shahrisabz MAQOM ART mehmonlarini qabul qilishga tayyor
Shahrisabzda I Xalqaro Maqom san'ati forumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida ma'lum qilishdi.
Forumga tayyorgarlik bilan tanishish maqsadida Bosh vazir Abdulla Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarovlar Shahrisabzda bo‘lishdi. Ular shahardagi obodonchilik ishlari bilan tanishib, 80 ga yaqin mamlakatdan tashrif buyurishi kutilayotgan mehmonxonalar va mehmon uylarini ko‘zdan kechirishdi.
MAQOM ART forumi doirasida Surxondaryo viloyati Musiqali drama teatrining iste'dodli artistlari ochiq osmon ostida o‘zlarining noyob spektakllari bilan ishtirok etishadi. Buning uchun sahna va dekoratsiyalar tayyor holatga keltirildi.
Bundan tashqari, Shahrisabzda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Davrukov va mamlakatning barcha mintaqalari departamentlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda forumni yuqori saviyada o‘tkazish va mehmonlarni qabul qilish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv natijasida markaz infratuzilmasini yaxshilash va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar yuzasidan qo‘shimcha takliflar kiritildi.
Ta'kidlash joizki, shu yilning 6-8 sentabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida I Xalqaro Maqom san'ati forumi bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatidan ishtirokchi va mehmonlar tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi
08:30 / 27.07.2024
Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish holati fosh etildi
15:10 / 25.07.2024
Toshkentda Lacetti’ning beton ustunga urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:16 / 05.06.2024