Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Farzandi hayotini xavf ostida qoldirib avtomobil boshqargan ayol ijtimoiy tarmoqda tanqidga uchradi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Spark» rusumli mashinada oldiga go‘dak farzandini o‘tqazib olib serqatnov ko‘chada rul boshqarayotgan va kamiga pista chaqib ketayotgan ayol tasvirlangan videoyozuv tarqaldi. Video Toshkent shahrida olingan.
Videoyozuvda ayolning yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, o‘zi boshqarayotgan mashina ichidagilarga va yo‘ldagi boshqa harakatlanuvchilarga nisbatan xavf tug‘dirayotganini ko‘rgan boshqa bir haydovchi uni tartibga chaqiradi. Ayol esa unga bepisandlarcha munosabatda bo‘ladi hamda haydovchini «chaqimchilik» va «erkak emaslik»da ayblab haqorat qiladi.
«Spark» ichida ayol va go‘dakdan tashqari yana uch yo‘lovchi bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayolning bu qilmishini qoralashmoqda.
Qoidabuzar ayolga nisbatan IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan qanday chora ko‘rilgani hozircha ma'lum emas.
Mavzuga oid
12:02 / 20.04.2026
Sovuq qurolga oid qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
22:36 / 02.04.2026
Mashina sizniki, rulda boshqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilishi uchun nima qilish kerak?
15:34 / 21.03.2026
Yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etish tartibi o‘zgaradi
16:05 / 27.02.2026