Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulfattoh as-Sisiy Shavkat Mirziyoyevni Misrga taklif etdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokarada avval erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning natijalari muhokama qilindi. Prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va ilmiy-texnikaviy, turizm va madaniyat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligini ta'kidladi. Shu maqsadda ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash, turli darajalarda uchrashuvlar o‘tkazish va sheriklik aloqalarini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdi. Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga e'tibor qaratildi. Bu borada tajriba almashish, idoralararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma ishchi guruhi tashkil etishga qaror qilindi.
Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatish yo‘lidagi sa'y-harakatlarni birlashtirish, bu masalalar bo‘yicha Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Prezidentlar ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan qarashlari yaqin va o‘xshash ekanligini ta'kidladilar.
Abdulfattoh as-Sisiy Shavkat Mirziyoyevni Misrga tashrif bilan borishga taklif etdi.
Mavzuga oid
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026
Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi
12:40 / 24.02.2026
Misrlik talabalarni Qoraqalpog‘iston OTMga jalb etish taklif qilindi
19:17 / 15.02.2026