Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqdagi tartibsizliklarda 6 kishi halok bo‘ldi
Foto: AP
Iroqning Basra shahrida ikkinchi kun davom etayotgan tartibsizliklar davomida kamida 6 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab odamlar yaralandi.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida ham namoyishchilar, ham politsiyachilar bor. Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda yuzlab namoyishchilar viloyat ma'muriyati binosini o‘rab olishgan. Binoning yuqori qavatlari yong‘in ichida qolgan. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan. Avvalroq politsiya ma'muriyat binosiga hujum qilayotgan namoyishchilarni to‘xtatish uchun ularga o‘q uzgani ma'lum qilingan.
Basradagi namoyishlar 8 iyulda boshlanib, keyinroq Iroq janubidagi boshqa viloyatlarga tarqalgan. Namoyishchilar hukumatdan elektr energiya va suv ta'minotidagi uzilishlarga chek qo‘yishni talab qilishgan. Vaziyat janubiy viloyatlarda 50 darajalik issiq harorat o‘rnatilgani bilan yanada keskinlashgan. Namoyishchilarning talabini iroqlik shialarning diniy rahnamosi Ali as-Sistaniy qo‘llab-quvvatlagan.
Hukumat namoyishchilar talablarini bajarish uchun maxsus komissiya tuzgan hamda Basra aholisiga ichimlik suvi quvurlari tizimi va elektr tarmoqlarni tiklash uchun 2 mlrd dinor (17 mln dollar) ajratishga va'da bergan. Hukumat, shuningdek viloyat aholisiga 10 ming ish o‘rni yaratishga va'da bergan.
Mavzuga oid
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
18:10 / 14.01.2026
"Tovarlaringizga bozorimizda ehtiyoj katta"– Iroq tadbirkorlari O‘zbekiston mahsulotlari bilan tanishmoqda
22:43 / 08.01.2026