Raqamli iqtisodiyotga oid prezident qarori qabul qilindi
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi tashkil etilib, uni faoliyatiga oid tashkiliy tadbirlar, xususan, vazifalari, moliyalashtirish manbalari belgilandi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish fondi davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshiradi, “blokcheyn” texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashadi.
Belgilanishicha, Fond mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilar bo‘ladi:
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning Agentlik direktori tomonidan belgilanuvchi miqdordagi to‘lovlari;
Xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari hamda kreditlari;
Yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijliklarning xayriya mablag‘lari;
Yuridik shaxslar ustav kapitalida Fondga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha daromadlar;
Davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishdan tushuvchi mablag‘lar;
Fondning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini banklarda joylashtirishdan daromadlari;
Qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Mavzuga oid
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024