Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisiyning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari oliy martabali mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarda tarixiy voqea ekanini ta'kidladi.
“Biz Misrga insoniyat sivilizatsiyasi markazlaridan biri, bugungi kunda katta salohiyatga ega davlat sifatida qaraymiz. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasida qadimdan aloqalar bo‘lgan. Mana bugun O‘zbekiston bilan Misr hamkorligida yangi bosqich, amaliy ishlar boshlanmoqda. Ushbu tashrifga tayyorgarlik jarayonida mamlakatlarimizda foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlar borligi ayon bo‘ldi. Bugun o‘tayotgan biznes-forumda qiymati 400 million dollarlik shartnomalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani shundan dalolat. Ishonamanki, Misr Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi o‘zaro hamkorligimizda katta natijalar beradi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026