O‘zbekiston | 10:38 / 06.09.2018
19830
3 daqiqa o‘qiladi

Pensiya uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish joriy etiladi

Foto: RIA Novosti

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri bazasi asosida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Belgilanishicha, fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar 2019 yil 1 yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:

2019 yil 1 yanvarga qadar fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritish bo‘yicha dasturiy ta'minotga Ish haqini hisobga olish reyestrini yuritishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritsin va uni soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga joriy etadi, shuningdek, Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yildan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini joriy etadi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 apreldagi 90-son “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid