Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Misr poytaxti Qohira shahrida O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish etildi. Taqdimot Misr Arab Respublikasidagi O‘zbekiston elchixonasi hamda RixosTour va IntoutistUzbekistan kompaniyalari tomonidan o‘tkazildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda Misrning yetakchi turistik kompaniyalari, avia va transport kompaniyalari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishgan.
Tadbirda O‘zbekistonning Misr Arab Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov so‘zga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda ro‘y berayotgan islohotlar, sarmoyador va ishbilarmonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi. Shuningdek, elchi Misr biznes elitasini investitsion loyihalar bo‘yicha hamkorlikka chorladi.


Taqdimot davomida RixosTour kompaniyasi rahbari Ergash Samig‘jonov so‘zga chiqib, soha vakillarini O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, E-Visa va yangi xizmat turlari bilan tanishtirdi.
Bundan tashqari, RixosTour turistik kompaniyasi charter reyslarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Egyptair va AirCairo aviakompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tadbir so‘ngida misrliklar Qohiradagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan o‘zbek milliy taomlari bilan mehmon qilindi.
Ta'kidlash joizki, ushbu taqdimot marosimi Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning O‘zbekistonga tashrifi oldidan bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
22:08 / 16.04.2026
Samarqanddagi 9 gektar maydonda yangi Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026