Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanishining ishini ijobiy hal qildirish uchun pora taklif qilgan fuqaro jazoga tortiladi
2018 yilning 4 sentabr kuni Buxoro shahar ichki ishlar organlari xodimi o‘z rahbarlariga axborot berib, unda shu kuni fuqaro X.Sh.ning qonunbuzarligi yuzasidan to‘plangan hujjatlarni tergov bo‘limiga o‘tkazmaslik uchun 25 yoshli fuqaro J.D. 200 AQSh dollarini pora sifatida taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shu yilning 5 sentabr kuni viloyat IIB va prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro J.D. xodimga xizmat xonasida H.Sh.ni ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 200 AQSh dollarini berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
21:35 / 21.05.2026