Prezidentning «Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartiriş va yanada optimallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida 1 oktabrdan boşlab Prezident hujjatlari va Hukumat qarorlari bilan turli vaqtda taşkil etilgan idoralararo kollegial organlarni (jami – 81 ta) tugatiş va ularning vakolatlarini tegişli muassasalarga ötkaziş nazarda tutilgan. Yana 25 ta şunday organlarning işi optimallaştiriladi, deb yozmoqda Norma.

Eslatib ötamiz, 1 iyunda 9 ta faoliyat turi böyiça litsenziyalaş funksiyalari transfer qilingan edi. Öşanda regulyatorlik vakolatlaridan mahrum bölgan ayrim hukumat komissiyalari ham körib çiqilayotgan farmon doirasida tugatilayotgan organlar röyxatiga kiritildi.

Aniqroği, quyidagilar haqida söz bormoqda:

• Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalaş komissiyasi (Yergeodezkadastrdavqöm);

• Vazirlar Mahkamasining portlovçi va zaharli moddalarni, ularni qöllagan holda materiallar va mahsulotlarni, şuningdek portlatiş vositalarini yaratiş, işlab çiqariş, taşiş, saqlaş va realizatsiya qiliş böyiça faoliyatni litsenziyalaş komissiyasi («Sanoatgeokontexnazorat» DI);

• Vazirlar Mahkamasining Ionlaştiruvçi nurlaniş manbalari muomalada böladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalaş komissiyasi («Sanoatgeokontexnazorat» DI);

• Vazirlar Mahkamasining qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toşlar qazib oliş faoliyatini litsenziyalaş komissiyasi («Sanoatgeokontexnazorat» DI);

• Vazirlar Mahkamasining noşirlik faoliyatini litsenziyalaş komissiyasi (ÖzMAA);

• Pirotexnika buyumlarini yaratiş, işlab çiqariş, taşiş, saqlaş, realizatsiya qiliş, ulardan foydalaniş, ularni yöq qiliş va utilizatsiya qiliş faoliyatini litsenziyalaş komissiyasi (IIV).

Biroq 1 oktabrdan tugatilayotgan organlar (komissiyalar, qömitalar, kengaşlar, işçi guruhlari va h.k.) orasida faoliyat yuritayotgan litsenziyalovçi organlar ham bor. Ularning vakolatlari ham körsatilgan sanadan boşlab boşqa davlat organlariga ötkaziladi. Şu tariqa, litsenziyalovçi organlar yana özgarişi kutilmoqda.

Hujjatda idoralararo kollegial organ tuşunçasi, uni taşkil etiş va faoliyat yuritiş tartibi, idoralararo hamkorlik prinsiplari ham keltirilgan hamda boşqa taşkiliy masalalar tartibga solingan.