Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya sohillari yaqinida dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushdi
Foto: Ørsted
Angliya shimolidagi Kambriya sohillari yaqinida dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushdi. Yangi shamol fermasi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi energetika sohasining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi xavotiri sababli ishga tushirildi. Walney Extension deb nomlangan bu shamol elektr stansiyasining quvvati 659 megavattni tashkil qiladi. U tomondan ishlab chiqarilayotgan elektr energiya esa 590 ming uyni ta'minlash uchun yetadi.
Elektr stansiya maydoni 20 mingta futbol maydoniga (taxminan 142 ming kvadrat metr) teng bo‘lib, 87 ta shamol turbinasi yordamida ishlaydi. Uning loyihasi bilan Daniyaning Ørsted kompaniyasining Britaniyadagi bo‘linmasi shug‘ullangan.
Walney Extension ayni vaqtda eng yirik shamol elektr stansiya bo‘lishiga qaramay, bu nomni uzoq saqlab qololmaydi. 2020 yilda Sharqiy Angliyada quvvati 714 MVtni tashkil qiluvchi yana bitta shamol elektr stansiyasi East Anglia One qurilishini yakunlash rejalashtirilgan. Ushbu elektr stansiyasi qurilishi bilan ScottishPower kompaniyasi shug‘ullanadi.
Ørsted kompaniyasining yana bir loyihasi Hornsea Project One’ga ko‘ra quvvati 1200 MVtlik elektr stansiya qurish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Yorkshir sohillari yaqinida 1800 MVtlik stansiya qurish rejalashtirilgan. Stantsiya 2022 yilda ishga tushishi kerak. Mutaxassislarning baholashicha, bu stansiya 1,8 mlnta uyni elektr energiya bilan ta'minlay oladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada iste'mol qilinadigan elektr energiyaning o‘ndan bir qismi shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
22:28 / 17.12.2025
Britaniya Abramovichdan «Chelsi»ni sotishdan olgan daromadini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirishni talab qildi
12:08 / 17.12.2025