Jahon | 20:57 / 08.09.2018
4949
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi avtofalokat 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Indoneziyaning G‘arbiy Yava viloyatida sayyohlik avtobusi ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  

Avtobus haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarishi oqibatida transport vositasi Sukabumi shahri yaqinida chuqurligi 30 metrlik daraga tushib ketgan.

YTH oqibatida Honda kompaniyasi mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi Catur Putra Group firmasining 17 xodimi halok bo‘lgan. 

Yana bir necha kishi jarohat olgan, ular mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid