Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rog‘un GESi ishlay boshlashiga qancha qolganini ko‘rsatuvchi tablo ishga tushirildi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikistonda Rog‘un gidroelektr stansiyasining birinchi gidroagregati ishga tushirilishiga qancha qolganini ko‘rsatuvchi teskari hisobli tablo ishga tushirildi. Bu haqda GES aksiyadorlik jamiyati saytiga iqtibos keltirgan holda “Avesta” axborot agentligi ma'lum qildi.
Tabloga ko‘ra, 69 kundan keyin gidroagregat foydalanishga kiritiladi.
Hozirda Rog‘unni qurish bilan shug‘ullanayotgan Salini Impregilo italyan kompaniyasi birinchi agregatni 16 noyabrda ishga tushirishga va'da bergan.
Umuman, Rog‘un GESida loyihaviy quvvati 600 megavatt bo‘lgan 6 ta gidroagregat o‘rnatiladi. Stantsiyaning umumiy quvvati esa 3600 megavattni tashkil qiladi. Bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.
Mavzuga oid
17:30 / 25.03.2026
Qo‘shtepa, Orol, Rog‘un va suv tanqisligi – vazir bilan suhbat
18:01 / 04.02.2026
Rog‘un GES Amudaryo ekotizimlari tanazzulini yuz yilga uzaytiradi – ekologlar
19:22 / 21.11.2025
«Chegara bilmas daryolar» O‘zbekiston aholisi nomidan Rog‘un GES qurilishidan shikoyat qildi
20:08 / 08.10.2025