O‘zbekiston | 12:46 / 10.09.2018
3405
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashtirish joriy etiladi

Foto: Depositphotos

Bu 5.09.2018 yildagi «Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida nazarda tutilgan.

Norma’ning yozishicha, 2019 yil 1 martdan davlat xaridlari sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashtirish joriy qilinadi. 

Bu norma quyidagilarda faoliyat yurituvchi shaxslarga tatbiq etiladi:

• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida;
• mahalliy davlat hokimiyati organlarida;
• davlat korxonalari va ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50% va undan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar;
• ustav jamg‘armasi (kapitali)ning 50%i va undan ko‘proq miqdori davlat ulushi 50% va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslarda.
 
Sertifikatlashtirish tizimi to‘g‘risidagi boshqa ma'lumotlar tegishli nizom tasdiqlangandan keyin ma'lum qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid