Qiymati 23 mlrd sömdan ortiq bölgan davlat xaridlarida qonunbuziliş holatlari yuzasidan tegişli çoralar körildi, deya xabar berdi Raqobat qömitasi.

Olib borilgan örganişlarga köra:

  • Yoşlar işlari agentligi tomonidan ötkazilgan jami qiymati 9,1 mlrd sömdan ortiq bölgan 6 ta;
  • Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan ötkazilgan jami qiymati 8 mlrd sömga yaqin bölgan 6 ta;
  • Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ötkazilgan jami 6,7 mlrd sömga yaqin bölgan 10 ta tanlov savdolarida “Raqobat töğrisida”gi qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmagani, ya’ni savdolarda raqobatni çeklaydigan yoki çeklaşga olib kelişi mumkin bölgan harakatlar aniqlangan.

Yuqoridagilarga köra, qömita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat töğrisida”gi qonun talablari buzilişi alomatlari bilan buyurtmaçi taşkilotlarga nisbatan iş qözğatilib, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilişi majburiy körsatmalar berilgan.

Şuningdek, buyurtmaçi taşkilotlarning mansabdor şaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik çoralari belgilanib, tegişli sud organlariga ma’lumotlar yuborilgan.