Farğona viloyati, Bağdod tumanidan kelgan murojaat va suratlarni körib muammoning bu darajada jiddiy ekanligiga işonmagandim. Masalani har tomonlama örganiş maqsadida tuman hokimligiga borib, tuman hokimi örinbosari Baxtiyorjon Xoldorov bilan uçraşdik. Mutasaddi öşa joyga biz bilan birga bordi.
3-umumiy örta ta'lim maktabi tuman markazidan 6-8 kilometr uzoqlikdagi “Konizar” qişloğida joylaşgan ekan. Bizni maktab direktori Mahfuzaxon Mamadaliyeva kutib oldi. Bilim dargohida 531 nafar öquvçiga qirqdan ziyod ustoz va murabbiy ta'lim beradi. Joriy ta'mirdan çiqqan sinf xonalarida közlari yonib turgan, bilimga çanqoq öquvçilarni körasiz. Agar ularga yetarli şaroitlarni yaratib bersangiz, biz orzu qilgan kelajak avlod yetişib çiqişi aniq. Biroq mazkur maktabdagi şaroit juda aftodahol ekan.


1993 yili qurilgan ikki qavatli “tipovoy” maktab. Maktabning sport majmuasi va “Majlislar zali”ni körganimizda ahvol bizga yuborilgan murojaatdagi suratlardan ham köra yomonroq ekaniga guvoh böldik.


Töğrisi, sport zalini körib, tasavvurimizda majmuani xuddi özga yurtlardagi singari töfon kelib, xarobaga aylantirib ketgandek tuyuldi. Juda xunuk ahvol. Pollar çirib ketgan, tom oçilib yotibdi. Binoda xuddi bir vaqtlar qarovsiz taşlab ketilgan yoki zilzila, maş'um tabiat hodisasi röy bergandek holat... Maktab öquvçilari uzoq yillardan beri jismoniy tarbiya darslarini kuz va qişning yomğirli kunlari dars xonalarida şaşka öynab ötkazar ekan.































