Farğona viloyatining Buvayda tumanida hokim örinbosari ekologiya inspektoriga kuç işlatdi. Bu haqda Ekologiya qömitasi raisi maslahatçisi Rasul Kuşerbayev xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, Buvayda tumanida ekologiya inspektori Ahrorjon Niyozov aholi murojaatiga asosan manzilga borib, noqonuniy daraxt kesiş holatini aniqlagan. Söngra daraxtlarni kesayotgan şaxsni töxtatib, belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylaştirmoqçi bölgan.

Voqea joyida bölgan Buvayda tumani hokimi örinbosari Saidali Xizirov esa ekologiya inspektoriga kuç işlatib, uni çetroqqa olib çiqişga uringan. Xabarda hokim yordamçisi milliy gvardiya xodimlari yordamida inspektorni tuman IIBga olib ketgani aytiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ekologiya inspektori daraxt kesayotgan şaxsning qölidagi arrani tortib olganini köriş mumkin. Uşbu şaxs daraxt kesmayotgani, balki butayotganini aytgan. Biroq videoda daraxt kesilgani yaqqol köringan. 

Şundan söng hokim örinbosari atrofdagi işçilarga ekologiya inspektorining qöliga ötgan arrani olib qöyişni buyuradi. Bunga javoban ekologiya inspektori hokim örinbosariga qonuniy faoliyatiga bosim ötkazişga haqqi yöqligini aytib e’tiroz bildirgan. Mulozim esa unga jismoniy kuç işlatib, çetroqqa sudrab ketgan.

Voqeaga içki işlar xodimlari guvoh bölib turgan.

Farğona viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, Buvayda tumanida noqonuniy daraxt kesilayotganligi bilan boğliq xabarlar Farğona viloyat IIB tomonidan örganib çiqilgan. Şu bilan birga, ekologiya inspektori IIBga olib kelingani haqidagi axborot haqiqatga töğri kelmasligi qayd etilgan.

«Hozirda Farğona viloyat hokimligi hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tuzilgan işçi guruh Buvayda tumani hokimligi vakillarining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriş böyiça örganiş işlarini olib bormoqda», deyiladi viloyat IIB rasmiy munosabatida.

Farğona viloyati hokimligi esa holat yuzasidan viloyat hokimi örinbosari H.Dolimov boşçiligida işçi guruh tuzilib, joyiga örganiş uçun yuborilganini ma’lum