Birinçi holatda, Marğilon şahrida yaşovçi, 1996 yilda tuğilgan fuqaroga tegişli “Matiz” rusumli avtomaşina tezkor tadbir doirasida tegişli tartibda töxtatilib, közdan keçirilgan.

Tekşiruv vaqtida avtomaşina salonida 866 gramm “gaşiş” moddasi borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi. Tergovga qadar harakatlar jarayonida gumonlanuvçi uşbu giyohvandlik moddasini kelgusida sotib, naqd pul topiş va boylik orttirişni maqsad qilgani ma’lum böldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 orqali 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Boşqa holatda, Farğona va Andijon şaharlarida yaşovçi fuqarolarga kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini sotiş bilan şuğullanib kelayotgan şaxslar haqida tezkor ma’lumotlar olingan. Şu asosda DXX, IIV va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Farğona şahrida ularni qölga oliş böyiça tadbir ötkazilgan.

Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida yaşovçi 2 nafar narkosavdogar Qirğizistondan kontrabanda yöli bilan olib kirilgan 4 508 dona “Regapen” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini xaridorga 12 800 AQŞ dollariga sotiş paytida uşlangan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) va 251¹-moddasi 5-qismi (kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy aylanmasi) bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddi organlar ta’kidlaşiça, giyohvandlik vositalari va ularga yaqin kuçli dori vositalarining noqonuniy aylanmasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, eng avvalo yoşlar salomatligi va kelajagiga jiddiy xavf soladi. Uşbu illatga qarşi kuraşiş esa har bir fuqaroning burçi ekani eslatib ötilmoqda.