Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Go‘sht do‘konidan 7 mln so‘mdan ortiq pullarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida 3 sentabr kuni noma'lum shaxs Fayzobod mahallasida yashovchi P.X.ga tegishli shu qishloqda joylashgan go‘sht do‘konidan 7 mln 479 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qarshi shahrida yashovchi muqaddam sudlangan O.X. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026