Korxonalar egalari va top-menejyerlar öz xodimlari uçun psixoanalitik yollab, foyda körişmoqda. Nima uçun «Bitriks-24» rahbari bunday mutaxassisni ştatga yolladi va bu ijtimoiy tadqiqot qanday natija berdi? Forbes tahlilçi Sergey Rijikovning şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
World Health Organisation'ga köra, stress XXI asrning asosiy kasalliklari röyxatiga kiritilgan. Sayyoramiz iqtisodiyoti har kuni xodimlarning iş joylarida stress orttirişi sabab yuzlab milliardlarni yöqotadi. AQŞ yöqotişlarni 300 milliard dollar, Germaniya - 29,2 milliard yevro, Avstraliya - 5,3 milliard Avstraliya dollari, Fransiya esa 3 milliard yevroga baholamoqda.
Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) ma'lumotlariga köra, har yili 2,3 million kişi stress va iş joyida soğliğini yöqotiş natijasida hayotdan köz yumadi. Har 15 soniyada kimdir iş joyining özida vafot etadi. Xodimlar ölimiga asosan yurak-qon tomir kasalliklari sabab böladi.

Davomli stress oğir psixologik deformatsiyalar - depressiya va ruhiy kasalliklarga olib keladi. Köp holatlarda muammoni spirtli içimliklar, giyohvand moddalar va assotsial xatti-harakatlar bilan "davolaş" kuzatiladi.
Psixolog uruşda
Dalillarga murojaat qilamiz — haftasiga 55 va 77 soat işlagan xodimlarning örtaça samaradorligi taxminan bir xil böladi. Biroq köp mehnat qilgan işçining jiddiy kasallik "orttiriş" xavfi 33 foizga ösadi. Kompaniyalarning egalari va top-menejyerlari stress, ofisdagi noqulay muhit, qat'iy dedlayn va noahil jamoaga jiddiy muammo sifatida qaraşarmikan? Yöq, albatta. Bu kabi muammolar aksariyat rahbarlarni qiziqtirmaydi.
Aslida esa transmilliy korporatsiyalar bir neça ön yillardan buyon öz xodimlarida stressni bartaraf qilişga juda jiddiy munosabatdalar. Ular ştat psixoanalitiklari yordamiga murojaat qilişadi. 1940-yillardan psixologlar hatto alohida yönaliş — Industrial-Organisational Psychology (I-O psychology) sifatida paydo bölgan. Yönaliş asosan amerikalik psixolog Robert Yyerkes şarofati bilan yuzaga kelgan. Birinçi jahon uruşi davrida u Army Alpha va Army Beta psixologik muvofiqlik testini işlab çiqqan.
Bu hujjatlar AQŞ hukumatiga öz armiyasi personalini samarali yollaş va taqsimlaşga yordam bergan. Ikkinçi jahon uruşi davrida Amerika harbiy rahbariyati Yyerks va uning jamoasini yana harbiy kuçlarda işlaşga jalb qildi. Uşbu kampaniya davomida u armiya bölimlarida axloq-odob va mental iqlim masalalari bilan şuğullangan. Psixologning armiyada faoliyat yuritişi şu qadar ijobiy samara berganidan biryöla ikki gigant — Standard Oil i General Electric Robertning xizmatlariga qiziqib qoldi. Bu — taşkilot ştatida psixoanalitik faoliyatidan foyda bölişi isbotlangan ilk maşhur holatlardan biri. Bugunga kelib AQŞda hatto NFL futbol jamoalari rahbarlari ham I-O Psychology mutaxassislarini özi işiga jalb qiladi. Şu örinda ta'kidlaş joizki, uşbu liganing 32 jamoasi ham dunyoning eng qimmatbaho top-50 jamoasi röyxatiga kiradi.













