Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 100 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida 101,9 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘p.
To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta — 41,1 mlrd so‘m;
- Google — 26,1 mlrd so‘m;
- Apple — 22,6 mlrd so‘m;
- Amazon — 3,7 mlrd so‘m;
- Vooking — 2,2 mlrd so‘m;
- Zoom — 1,4 mlrd so‘m;
- Netflix — 1,3 mlrd so‘m;
- Acca — 1,2 mlrd so‘m;
- Yandex Europe — 1,1 mlrd so‘m;
- Xsolla — 900,3 mln so‘m.

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 6 oyda 48,4 mlrd so‘m soliq to‘langan.
Mavzuga oid
15:22 / 25.11.2025
Arxiv xizmatlari 100 foiz elektron shaklga o‘tkaziladi
09:24 / 06.11.2025
Dunyo rekordiga yaqin: 1200 yildan ortiq faoliyatga ega kompaniyalar
17:22 / 21.10.2025
AQShda ikkita yirik avtomobil kompaniyasi bankrot bo‘ldi: bu moliyaviy tizim uchun yangi ogohlantirishmi?
09:05 / 08.08.2025