Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Times: Petrov va Boshirov faqat Rossiyadan tashqarida qo‘lga olinishi mumkin
Britaniya hukumatidan ma'lum qilishlaricha, Buyuk Britaniya hukumati tomonidan Solsberida Skripallar oilasini zaharlashga aloqador deb topilgan Rossiyaning ikki fuqarosi (Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov) hech qachon javobgarlikka tortilmasligi ham mumkin. Bu haqda The Times gazetasi Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Sajid Javidning bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Ichki ishlar vazirining taxminicha, Petrov va Boshirov hech qachon Britaniya tomonining sud tergoviga uchramasligi mumkin, sababi «haqiqat shundayki, biz, katta ehtimol bilan, ularni Buyuk Britaniya boshqa hech qachon ko‘rmaymiz». London politsiya xizmatining aksilterrorchilik bo‘linmasi rahbari Nil Basuning qo‘shimcha qilishicha, politsiya ular Britaniya bilan gumonlanuvchi shaxslarni topshirish to‘g‘risida kelishuv bo‘lgan davlatlardan birining hududiga kirmagunicha juda kam narsa qila oladi. Shu tariqa, rossiyaliklar Rossiya hududini tark etadigan bo‘lsa, Britaniya hukumati tergovi bilan duch kelishlari mumkin, deyiladi materialda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ruslan Boshirov Dushanbeda tug‘ilgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026