Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgaradi
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Tim Torlotni mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinladi. Bu haqda Britaniya tashqi siyosat idorasi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Tim Torlot 2019 yilning yozida o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi.
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga 2015 yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan hozirgi elchi Kristofer Allan boshqa lavozimga o‘tadi.
Tashqi ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, Tim Torlot tashqi siyosat idorasi tizimida 1981 yildan buyon ishlaydi. U Iroq, Ummon, Yangi Zelandiya, Chili va Yaman kabi mamlakatlarda ishlagan, shuningdek, Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarni egallagan.
U 2016 yildan buyon hozirgi vaqtga qadar Buyuk Britaniya TIVning Arabiston yarim oroli va Eron departamentida ishlab kelmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026