Jahon | 10:19 / 11.09.2018
8774
1 daqiqa o‘qiladi

Xokkaydodagi zilzila qurbonlari soni oshib bormoqda

Foto: Xinhua

Yaponiyaning Xokkaydo orolida yuz bergan zilzila natijasida 44 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Yaponiya hukumati halok bo‘lganlarning jasadlarini qidirib topish bo‘yicha ishlarni yakunladi, sababi bedarak yo‘qolgan shaxslar haqida boshqa xabarlar kelib tushmayapti.

Avvalroq, Xokkaydodagi zilzila natijasida 42 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. Xavfli tabiiy ofat tufayli 5,6 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.

Shuningdek, xabar berilishicha, Xokkaydodagi zilzila tufayli 300ga yaqin kishi jarohat oldi.

Mavzuga oid