11:00 / 11.09.2018
26444

Imtihon topshirmay talaba bo‘lgan yigitlar Ukrainaga jo‘nab ketdi. Bunday imkoniyat sizda ham bor!

Imtihonsiz talaba bo‘lish  mumkin emas deb o‘ylaganlar bekorni aytibdi. Yo‘lini biz o‘rgatamiz. Mana, hech qanday imtihonsiz nufuzli xalqaro oliy ta'lim muassasalari talabasi bo‘lgan 9 nafar yigit, 6 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan Ukrainaga jo‘nab ketishdi. Ular bir necha yil davomida O‘zbekistondagi OTMlarga imtihon topshirib, o‘qishga kira olmagach, imtihonsiz talaba bo‘lish yo‘lini tanladilar va 7 yillik tajribaga ega bo‘lgan “Inside A” ta'lim markaziga murojaat qildilar.

Yigitlarni kuzatish tadbirini quyidagi video orqali ko‘rib, o‘zingiz barchasiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

O‘zbekistonlik Aziz Zulfiqorov, Feruz Mamarajabov, Saddamali Rahimov, Valijon Ro‘zimov, Shahzod Rajapov, Saidvoris Kamilov, Jasurbek Alibekov, Akbar Muhiddinov, Xudoyberdi Kuralov Ukrainadagi nufuzli OTMlar talabalari qatoridan o‘rin olishdi. Ularni “Inside A” ta'lim markazi xodimlari va ota-onalar kuzatib qolishdi.

Ayni damda Ukrainadagi 9 ta nufuzli OTM o‘zbekistonlik talabalar uchun eshiklarini ochib turibdi. Ularning diplomlari O‘zbekistonda ham amal qiladi.

Dunyo miqyosida eng ko‘p maosh to‘lanadigan sohalardan biri aviatsiyadir. 2 yil O‘zbekistondagi OTMlarga kira olmagan namanganlik Saddamali Rahimov imtihonlarsiz Xarkov Milliy aviatsiya universiteti talabasi bo‘ldi. U o‘qishni bitirgach, aviatsiya sohasidagi faoliyatini Yevropada davom ettirishni istamoqda.

Saddamali Rahimov, Xarkov Milliy aviatsiya universiteti talabasi:

 –Hozirgina “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotiga chiqdik.Hayajonim kuchli, birinchi marta xorijga safarga ketishim. Kun kelib o‘qishni bitirgach, o‘zim ham ekipaj qatoridan o‘rin olib, samolyot boshqarishimni o‘ylasam, hayajonim yanada ortyapti. Menga bu imkoniyatni yaratib bergan “Inside A” ta'lim markazidan minnatdorman. Haqiqatan ham imtihonsiz talaba bo‘lish mumkin ekan. Xorijda o‘qishni istagan va bunda to‘g‘ri maslahat kerak bo‘lganlarni “Inside A” ta'lim markaziga murojaat qilishlarini tavsiya qilaman. 

Saddamali Rahimov o‘z so‘zida bejiz “Inside A” ta'lim markazini tavsiya qilayotgani yo‘q. Ishonch kafolati va qonuniylik prinsiplari asosida ishlash markazimizning eng afzal jihatlaridan biridir. Biz Sizga faqat rost axborot taqdim etamiz. Shunday ekan, bir jihatni e'tiborga olishingizni so‘rardik. Ukrainada o‘rnatilgan tartibga muvofiq, mamlakatdagi OTMlarda xorijdan kelgan talabalarga stipendiya berilmaydi. Bu – rasman belgilab qo‘yilgan norma.

Yana bir e'tiborli tomoni shundaki, “InsideA” ta'lim markazining O‘zbekistonda ko‘rsatayotgan barcha xizmatlari bepul! 13 sentabr kuni esa yana o‘zbekistonlik bir guruh yigit-qizlar Ukrainaga safarga chiqadi. Aynan ular bilan suhbatlashib, barchasiga o‘zingiz guvoh bo‘lishni istasangiz, Sizni shu kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga taklif etamiz. Batafsil ma'lumotni telefon orqali olishingiz mumkin.

“Inside A” ta'lim markazi quyidagi OTMlarga imtihonsiz kirishni va xalqaro diplom sohibi bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi:  

 1. Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy Yuridik universiteti

2. Krivograd milliy tibbiyot universiteti

3. Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti

4. Xarkov Milliy aerokosmik universiteti

5. Xarkov Milliy aviatsiya universiteti

6. S.Kuznets nomidagi Xarkov Milliy Iqtisodiyot universiteti

7. Xarkov milliy tibbiyot universiteti

8. Xarkov Milliy politexnika universiteti

9. V.N.Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti

 Qanday sharoit yaratiladi?

  • Barcha sharoitlar vaWi-fi’ga ega bo‘lgan yotoqxona;
  • OTM axborot-resurs markazidan doimiy foydalanish;
  • Bepul rus tilini o‘rganish;
  • Sport majmuasidan bepul foydalanish;
  • Ota-onalar farzandining davomati va baholarini masofaviy elektron kuzatib borish imkoniyati.

Shoshiling, o‘qishga qabul qilinuvchilar soni chegaralangan. OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 1 noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • Fuqarolik pasporti nusxasi
  • Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi
  • Maktab yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi

Manzil: Toshkent, Yunusobod tumani, Ts-4/32-uy, 31-x

Mo‘ljal: Oloy bozori, metroning Abdulla Qodiriy bekati

Telefonlar: +998977223010, +998974223010, +998974333010

Batafsil ma'lumotlar bilan www.medicaleducation.in.ua sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top