10:07 / 11.09.2018
4937

Oq uyda mobil telefonlardan foydalanish qoidalari keskin kuchaytirildi

Foto: Getty Images

AQSh Oq uy ma'muriyatida xodimlar uchun mobil telefonlardan foydalanish qoidalarini kuchaytiradigan yangi qoidalar joriy etildi. Bu haqda CNN telekanali ikki yuqori mansabli manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Telekanal manbalari ma'lumotiga ko‘ra, mobil telefonlardan foydalanish qoidalariga o‘zgartirishlar ommaviy axborot vositalarida prezidentning sobiq yordamchisi Omarosa Manigol-Nyumanning Oq uy apparati rahbari Jon Kelli bilan suhbati yozuvi e'lon qilingach amalga oshirildi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Oq uyning g‘arbiy qanotida ishlaydigan xodimlar barcha mobil qurilmalarni, shu jumladan ish uchun berilganlarni ish kabinetlarida yoki shaxsiy shkafchalarda qoldiradi.

Oq uy hozircha bu ma'lumotga izoh bermadi. 

Top