Andijonda Belarus korxonalari bilan hamkorlikda mini-traktorlar va “Aist” rusumli velosipedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda
Joriy yilning 9-15 avgust kunlari Andijon viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Belarus davlatining Minsk va Gomel shaharlarida bo‘lib mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Belarus Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan biznes-forumda 78ta kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, jami 19,5 million AQSh dollari miqdorida qishloq xo‘jaligi hamda to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Shuningdek, “Belyuming” kompaniyasi bilan viloyatda qishloq xo‘jaligi va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari uchun minitraktorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 million dollarlik shartnomalar ham imzolashga erishilgan edi.
Ushbu hujjatga asosan Oltinko‘l tumani “Avtotexservis MTP” binosida mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha ish olib borildi. “Belyuming” kompaniyasining ishlab chiqarish texnologiyalari viloyatga olib kelindi. 12 avgust kuni mazkur qo‘shma korxonaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda loyiha asosida yig‘ilishi ko‘zda tutilgan texnikalardan namunalar namoyish qilindi.
Bundan tashqari Belarusning “Motovelozavod” korxonasi bilan birgalikda “Aist” rusumli velosipedlar ishlab chiqarish bo‘yicha 2 mln. AQSh dollari miqdoridagi shartnoma imzolandi.
Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, “Belyuming” korxonasi rahbari Aleksandr Koxan, “Motovelozavod” korxonasi rahbari Nikolay Ladutkolar yig‘ilganlarga amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024