O‘zbekiston | 12:25 / 12.09.2018
19629
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonning Bog‘ishamolidagi uylarni hasharchi askarlar quradi

Andijon shahrining Bog‘ishamol dahasida bunyod etilayotgan uy-joylar qurilishining 3-bosqichi boshlandi. 

9 sentabr kuni "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturi ijrosini ta'minlash va bunyodkorlik ishlarida yordam berish maqsadida viloyatga kelgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasida harbiy xizmatni o‘tayotgan 450 nafar askardan iborat hasharchilar guruhi Andijon vokzalida kutib olindi.

Maxsus muhandislik-qurilish  boshqarmasi  O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 31 iyuldagi  "O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib,  uning vazifalaridan biri "Qishloq qurilish bank" aksionerlik tijorat banki hamkorligida respublika hududida amalga oshirilayotgan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturlari doirasida turmush sharoiti og‘ir aholi vakillari, eng avvalo, kam ta'minlangan oilalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarga barcha qulayliklarga ega zamonaviy uy-joylar qurib berish hisoblanadi.

Hasharchi askarlar Bog‘ishamol dahasida 720ta turar-joy qurib bitkazilgunga qadar mehnat qilishadi.

O‘z muxbirimiz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid