Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir necha viloyatlardagi avtostansiyalar “O‘zavtovokzalservis” DUKga o‘tkazildi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Davlat avtovokzallari va avtostansiyalarini boshqarish samaradorligini ta'minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi “Toshkent” avtovokzali, Toshkent viloyatida joylashgan 11ta avtostansiya tezkor boshqaruv huquqi asosida "O‘zavtovokzalservis” DUKga biriktirildi.
Shuningdek, Buxoro viloyatidagi “Buxoro bosh bekati”, Qashqadaryo viloyatidagi “G‘uzor”, “Qamashi”, Jizzax viloyatidagi “Zomin”, Sirdaryo viloyatidagi “Sayxunobod” avtostansiyalari tezkor boshqaruv huquqi asosida "O‘zavtovokzalservis” DUKga o‘tkazildi.
Hujjatga ko‘ra, ushbu avtovokzal va avtostansiyalarning binolari, ishlab chiqarish maydonlari va boshqa mol-mulklari belgilangan tartibda"O‘zavtovokzal servis" DUK tasarrufiga o‘tkaziladi.
Qarorda belgilanishicha, "O‘zavtovokzal servis" DUK O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda filiallar tashkil etish huquqiga ega.
Mavzuga oid
16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi
07:45 / 13.01.2025
Hududlarda 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi
15:48 / 05.12.2022
Toshkentdan viloyatlarga avtobuslar qatnovi to‘xtamasligi ma’lum qilindi
14:55 / 30.04.2022